Vyacheslav Skvortsov (iqtisodchi)
Vyacheslav Skvortsov | |
---|---|
Tavalludi |
18-avgust 1946-yil Kaliningrad, RSFSR, SSSR |
Fuqaroligi | SSSR → Rossiya |
Sohasi | Iqtisod |
Taʼlimi | Samarqand davlat universiteti |
Vyacheslav Nikolayevich Skvortsov (1946-yil 18-avgust) — A. S. Pushkin nomidagi Leningrad davlat universitetining birinchi rektori (1992-2016) va prezidenti.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1946-yil 18-avgustda Kaliningradda harbiy xizmatchi oilasida tugʻilgan[1].
1965-yilda oʻrta maktabni tugatib, Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining chet tillar fakultetiga oʻqishga kirdi.
1967-yilda Samarqand shahridagi 44-sonli maxsus shahar kasb-hunar bilim yurtida oʻqituvchi boʻlib ishlay boshladi.
1968-yilda Uchquduq shahardagi 15-oʻrta maktabga ingliz tili oʻqituvchisi boʻlib ishga kirdi.
1970—1972-yillarda SSSR Qurolli Kuchlarida xizmat qilgan.
1972-yilda Oʻzbekiston komsomolining Samarqand shahar qoʻmitasida komsomol tashkilotlari boʻlimi mudiri lavozimida ish boshladi.
1974-yilda Uchquduq shahridagi 7-sonli oʻrta maktab direktori lavozimida ishladi[2].
Leningradga koʻchib oʻtgach, u ikkita umumtaʼlim maktabi direktori, viloyat oʻqituvchilar malakasini oshirish instituti direktori boʻlib ishlagan[3]. Afgʻoniston Respublikasida maslahatchi boʻlib ishlagan.
1992-yilda pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga sazovor boʻlgan. V. G. Onushkin va V. I. Podobed ilmiy rahbarligida „Maʼmuriy va iqtisodiy usullarning oʻzaro bogʻliqligi, mintaqaviy xalq taʼlimi tizimini boshqarishni optimallashtirish omili“ mavzusida dissertatsiya yoqlagan.
2000-yilda „Uzluksiz taʼlim nazariyasining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari“ dissertatsiyasi uchun unga iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasi va professor ilmiy unvoni berildi.
2021-yilda rastratada ayblangan va qidiruvga berilgan sobiq rektor Chernogoriyada hibsga olingan va Rossiyaga ekstraditsiya qilingan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1993-yilda „Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan maktab oʻqituvchisi“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan[4].
- 2001-yilda II darajali "Vatanga xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlangan.
- 2007-yilda „Shon-sharaf“ ordeni bilan taqdirlangan.
Davlat va jamoat ishlaridagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1995—2000-yillarda Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasining ikkinchi chaqiriq deputati boʻlgan[5][6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Вячеслав Скворцов на сайте Общественной палаты Ленинградской области“. 2016-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-sentyabr.
- ↑ „Вячеслав Скворцов на сайте Общественной палаты Ленинградской области“. 2016-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-sentyabr.
- ↑ „Вячеслав Скворцов на сайте НИИ социальных систем“ (deadlink). 2016-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-sentyabr.
- ↑ Ukaz Prezidenta RF ot 29.07.1993 № 1175 "O prisvoenii pochetnogo zvaniya „Zaslujenniy uchitel shkoli Rossiyskoy Federatsii“ rabotnikam obrazovaniya Leningradskoy oblasti"
- ↑ Экс-ректора Ленинградского университета им. Пушкина Скворцова доставили на Алтай // ТАСС
- ↑ Ученый не задержался в Черногории // Коммерсант